date
views 13

Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi (video)

Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi (video)
4 may kuni Turkiyaning Respublika xalq partiyasi yetakchisi O‘zgur O‘zel Istanbuldagi deputat Sirri Sureyyaning dafn marosimi paytida hujumga uchradi.

Mazkur holat shaharning mashhur Taksim maydonida joylashgan Otaturk madaniyat markazidagi marosimdan so‘ng sodir bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarda aniq ko‘rinishicha, noma’lum bir kishi muxolifat yetakchisiga qarata shapaloq tushirgan va darhol siyosatchining xavfsizligini ta’minlayotgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Haberturk nashrining xabar berishicha, hujum qilgan shaxs «Biz — Usmonlilar avlodimiz!» deb baqirgan. Voqeadan xabardor bo‘lgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zelga telefon orqali aloqaga chiqib, ushbu harakatni qat’iy qoralagan hamda voqeaning barcha tafsilotlari har tomonlama tekshirilishi va aybdorlar aniqlanishiga va’da bergan.

Hozirda qamoqda bo‘lgan Istanbulning sobiq shahar hokimi Akrom Imomo‘g‘li ham ushbu hodisaga o‘z munosabatini bildirdi. «Rahbarimiz janob O‘zgur O‘zelga nisbatan sodir etilgan bu qabih hujumni keskin qoralayman. Hujum qilgan shaxs va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mas’ullarning zudlik bilan aniqlanishi va tegishli jazoga tortilishi shart», — deya o‘z fikrini bildirgan Imomo‘g‘li.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi (video)