
Kolumbiyaning Xose Mariya Kordova xalqaro aeroportida hayratlanarli holat kuzatildi. 3 may kuni xavfsizlik xodimlari tomonidan tekshiruv vaqtida noqonuniy ravishda hayvon olib chiqishga uringan juftlik qo‘lga olindi. Erkak va ayol Dominikan Respublikasiga parvoz qilish arafasida ichki kiyimlari orasiga 6 ta maymun bolasini yashirgan holda fosh bo‘ldi.
Hodisaga oid rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ularning yonidan ikki kaputsin maymuni va to‘rtta nodir turlar qatoriga kiruvchi tamarin maymunlari aniqlangan. Bu turdagi maymunlar hozirgi kunda yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lib, tabiat muhofazasi tashkilotlari ularni maxsus himoya ro‘yxatlariga kiritgan.
Tekshiruv paytida hayvonlar ko‘rsatgan holat hodisaning qay darajada shafqatsiz tarzda amalga oshirilganini ko‘rsatdi. Maymunlar maxsus mato qoplarga o‘ralgan, oyoqlar orasida yashirilgan va tinchlantiruvchi dorilar ta’sirida bo‘lgan. Ularda jiddiy suvsizlanish, kam ovqatlanish va ruhiy zo‘riqish belgilari kuzatilgan.
Favqulodda holatdan so‘ng, barcha maymunlar shoshilinch tibbiy ko‘rik va reabilitatsiya uchun “Cornare” tabiatni muhofaza qilish markaziga olib ketildi. Markaz vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu jonzotlarning tabiatga qaytishi uchun jiddiy muolajalar va davolash jarayoni olib boriladi.
Qo‘lga olingan juftlikka nisbatan hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat, norasmiy hayvon savdosi va ekologik resurslarni noqonuniy ekspluatatsiya qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ular qaysi davlat fuqarosi ekani hozircha rasman ma’lum qilinmagan.
“Fauna yerda emas, erkinlikda yashashi kerak. Biz bunday vahshiy harakatlarga qarshi qat’iy choralar ko‘ramiz”, — dedi Cornare tashkiloti direktori Xaver Valensiya Gonsales.
Ushbu holat butun mamlakatda hayvonlarga nisbatan munosabat, jonzotlarni muhofaza qilish va kontrabandaga qarshi kurash borasida yanada qattiqroq qonunchilik va nazorat talab etilayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Maymunlar qutqarildi, jinoyatchilar jazoga tortiladi. Tabiat himoyasi esa yanada kuchaytiriladi.
Foto: Daily Star
KolumbiyaXose Mariya KordovaHayvonlarni MuhofazaTabiat HimoyasiJinoyatchilar JazogaEkologik Resurslar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar