
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vazirligiga "Oreshnik" ballistik raketasi bilan Kiyevdagi harbiy va siyosiy obyektlarni nishonga olish bo‘yicha aniq topshiriq berdi. Bu haqda "Mash" va "Baza" kabi Rossiyaning ommaviy axborot vositalari o‘z manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
Xabarlarda ta’kidlanishicha, Putin bu topshiriqni berganida, yaqin orada otashkesim bo‘yicha hech qanday sulh yoki kelishuv haqida gap bo‘lishi mumkin emasligini ma’lum qilgan. Bu qarorga sabab sifatida, so‘nggi vaqtlarda Ukraina tomonidan amalga oshirilayotgan provokatsion harakatlar, ayniqsa dronlar bilan Moskvaga hujum qilishga urinishlar, shuningdek, poytaxtdagi bayram tadbirlari paytida yanada jiddiyroq provokatsiyalarning tayyorlanayotgani ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya birinchi marta 21 noyabr kuni "Oreshnik" ballistik raketasi orqali Dnepr shahrini nishonga olgandi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu raketaning yuqori tezligi va trayektoriyasi uning tutib olinishiga deyarli imkon qoldirmaydi. Biroq, ushbu qurolning ikkinchi sinovi 6 fevral kuni Kiyevga qarshi amalga oshirilganida muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan: raketa belgilangan nuqtaga yetib bormasdan, havoda portlab ketgandi.
Mazkur voqeadan so‘ng, Kremlda vaziyat og‘ir qabul qilingan va Putinning Kiyevdagi "qaror qabul qilish markazlari"ga, xususan, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ofisiga qilingan tahdidlari fonida ushbu muvaffaqiyatsizlik Rossiyaning harbiy nufuziga jiddiy zarba bo‘lgan.

Foto: “Oreshnik”ning ichki ko‘rinishi
Ukraina rasmiylari va Kiyev aholisi esa ushbu ikkinchi sinovdan so‘ng ma’lum muddat tahlikali vaziyatdan xalos bo‘lgan edilar. Chunki ekspertlarning fikriga ko‘ra, "Oreshnik" ballistik raketasi juda katta vayronagarchilik salohiyatiga ega bo‘lib, uning harbiy ta’siridan tashqari, ruhiy bosim va vahima uyg‘otish effekti ham yuqori edi.

Hozirgi paytda Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu raketalarning texnik ko‘rsatkichlari va samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borayotgani aytiladi. Shu bois, Putinning navbatdagi topshirig‘i yana bir marta Kiyevdagi vaziyatni keskinlashtirishi mumkinligi haqida taxminlar bildirilmoqda.
Xalqaro kuzatuvchilar esa ushbu harakatning natijalari qanday bo‘lishi mumkinligi va Ukraina tomonining qanday javob choralari ko‘rishini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Rossiya PrezidentiOreshnik RaketasiKiyev VaqtiMudofaa VazirligiHarbiy HarakatlarProvokatsion Vahima O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar