
AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntida Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskin vaziyatni yumshatish bo‘yicha muhim kelishuvga erishilganini maʼlum qildi.
«Qo‘shma Shtatlar vositachiligida uzoq va qiyin kechgan tungi muzokaralardan so‘ng, Hindiston va Pokiston davlatlari to‘liq va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganliklarini katta mamnuniyat bilan eʼlon qilaman. Har ikki mamlakat rahbarlarini ushbu oqilona va sog‘lom qarorga kelganlari bilan samimiy tabriklayman. Dunyo hamjamiyati ushbu muhim kelishuvdan minnatdor bo‘ladi», — deya yozdi AQSH rahbari Truth Social tarmog‘idagi sahifasida.
Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri Isʼhoq Dar ham AQSH prezidentining maʼlumotini tasdiqladi. Uning taʼkidlashicha, muzokaralarda erishilgan kelishuv har ikki mamlakat uchun tinchlik va barqarorlik yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.
Ayni vaqtda Hindiston hukumati tomonidan rasmiy bayonot hali berilmagan, biroq tez orada Hindiston rahbariyati tomonidan ham bu boradagi tasdiqni kutish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi vaziyat jiddiy taranglashib, o‘zaro harbiy harakatlarga olib kelgan edi. Ushbu kelishuv mintaqada tinchlik o‘rnatilishi uchun juda muhim va zarur qadam bo‘lib qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar