date
views 168

Qatar amiridan Trampga kutilmagan sovg‘a: qiymati 400 million dollarlik «uchuvchi qasr»!

Qatar amiridan Trampga kutilmagan sovg‘a: qiymati 400 million dollarlik «uchuvchi qasr»!
AQSH prezidenti Donald Tramp tez orada Qatar amiri tomonidan o‘ta hashamatli Boeing 747-8 reaktiv samolyotini qabul qilib oladi. ABC News nashrining Oq uydagi manbalariga asoslanib xabar berishicha, bu hadya AQSH tarixida xorijiy davlat rahbari tomonidan qilingan eng qimmatbaho sovg‘a sifatida qayd etilishi mumkin.

Qatar amiri Trampga mazkur «uchuvchi qasr»ni AQSH prezidentining shu hafta Qatarga amalga oshiradigan tashrifi chog‘ida rasmiy ravishda topshirishi rejalashtirilgan. 13 yildan buyon parvoz qiluvchi Boeing 747-8 samolyoti yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlik talablariga javob berish uchun qayta jihozlanib, AQSH harbiy-havo kuchlari balansiga o‘tkaziladi.

Samolyotning ichidagi shohona interer haqida avvalroq xabar qilingan va ekspertlar uning narxini kamida 400 million dollarga baholamoqda. Hashamat va qulaylik jihatidan bu samolyot haqiqiy «uchuvchi qasr»ga qiyoslanmoqda. Boeing 747-8 samolyoti, barcha qulayliklarga ega bo‘lib, to‘liq yotoqli xona, dam olish uchun maxsus hududlar, hamda zamonaviy multimedia tizimlari bilan jihozlangan.

O‘tgan fevral oyida Donald Tramp Uest-Palm-Bich aeroportida mazkur samolyotni shaxsan ko‘zdan kechirgan va uning intereridan katta taassurot olgandi. AQSH prezidenti bu qimmatbaho sovg‘adan o‘zining prezidentlik muddati yakuniga qadar Air Force One sifatida foydalanadi. Muddati tugagach, samolyotning mulkiy huquqlari Trampning Prezidentlik kutubxonasi jamg‘armasiga o‘tadi.

Aytish joizki, mazkur qimmatbaho sovg‘a Oq uy va AQSH Adliya vazirligi tomonidan chuqur tahlil qilingan va uni qabul qilishda qonunchilik jihatidan hech qanday muammo yo‘qligi ma’lum qilingan. Ekspertlar bu harakat poraxo‘rlikka qarshi qonunchilik yoki AQSH Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan xorijiy davlatlardan sovg‘a qabul qilish bo‘yicha cheklovlarga zid emasligini tasdiqlashgan.

Mazkur voqea butun dunyo OAVlarida katta muhokamalarga sabab bo‘lishi kutilmoqda. Qatar tomonining bunday yirik va qimmatbaho sovg‘asi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi mumkin.

Zamin.uz tahririyati vaziyatni diqqat bilan kuzatib boradi va yangiliklarni muntazam yetkazib turadi.

Foto: Getty Images
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qatar amiridan Trampga kutilmagan sovg‘a: qiymati 400 million dollarlik «uchuvchi qasr»!