date
views 133

Rossiya–Ukraina uchrashuvi: Medinskiy boshchiligidagi guruh tayyor

Rossiya–Ukraina uchrashuvi: Medinskiy boshchiligidagi guruh tayyor
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan Istanbulda o‘tadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etadigan rasmiy delegatsiya tarkibini tasdiqladi. Kreml matbuot xizmati ushbu qaror yuzasidan maxsus farmoyish matnini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, delegatsiyaga Rossiya prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy rahbarlik qiladi. U muzokaralarda allaqachon tajribaga ega shaxs hisoblanadi. Unga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, Rossiya armiyasi Bosh shtabi bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Kostyukov va mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin hamrohlik qiladi.

Shuningdek, Putin tomonidan tasdiqlangan “ekspertlar guruhi” ham muzokaralarda ishtirok etadi. Ular orasida Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi axborot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Zorin, Kremlning gumanitar siyosat masalalari bo‘yicha boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari Yelena Podobreyevskaya, TIVning MDH mamlakatlari bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishuk va Mudofaa vazirligi xalqaro harbiy hamkorlik bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Viktor Shevsov kabi shaxslar bor.

Qizig‘i shundaki, farmoyishda Rossiya prezidentining o‘zi haqida hech qanday tilga olinmagan — u muzokaralarda shaxsan ishtirok etadimi-yo‘qmi, hozircha noma’lum.

15 may, payshanba kuni Istanbulda start oladigan mazkur muzokaralar — Moskva va Kiyev o‘rtasida 2022 yil bahoridan buyon o‘tadigan birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuv bo‘ladi. Oradan ikki yilga yaqin vaqt o‘tgach, tomonlar yana tinchlik imkonini muhokama qilish uchun bir joyga yig‘ilishmoqda.

Muzokaralar o‘tkazilishi haqidagi tashabbus Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgani alohida qayd etilgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa bir necha kun oldin ushbu uchrashuvga tayyor ekanligini ochiq bayon qilgan.

Muzokaralardan nimalar kutilyapti? Rossiyaning bu safargi delegatsiyasi nimalar taklif qiladi? Javoblar Istanbulda aniqlashadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya–Ukraina uchrashuvi: Medinskiy boshchiligidagi guruh tayyor