date
views 3 651

Lavrov Germaniyani ogohlantirdi: “Jinnilikni bas qiling!”

Lavrov Germaniyani ogohlantirdi: “Jinnilikni bas qiling!”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Germaniya kansleri Fridrix Mersning Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish va ularni ishlab chiqarishni moliyalashtirish borasidagi bayonotiga keskin munosabat bildirdi.

Lavrov jurnalistlar tomonidan Mersning matbuot anjumanidagi so‘zlariga izoh berishini so‘raganlarida, u Germaniya rahbari Ukrainaga har qanday masofani nishonga oladigan raketalarni ishlab chiqishni moliyalashtirish niyatida ekani haqida gapirganini eslatdi.

“Agar men o‘qiganlarimni to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, kansler Mers matbuot anjumanida Ukraina hududida uzoq masofaga zarba bera oladigan raketalarni ishlab chiqarishni moliyalashtirish rejasini ochiq aytdi. Gap, aftidan, Germaniyaning o‘zi bu raketalarni yetkazib berishi haqida emas. Biroq bu ikkala holat ham mojaroning kuchayishiga xizmat qiladi va urush olovini alanga oldiradi. Germaniya bu urushda ishtirokini oshirib, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlayotgani ayon bo‘lib bormoqda”, — dedi Lavrov.

Avvalroq Germaniya kansleri Fridrix Mers Kiyevga yuborilayotgan qurollarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish, shuningdek, ularni birgalikda ishlab chiqarishga mablag‘ ajratish rejalari haqida bayonot bergandi.

Rossiya TIV rahbari esa bu harakatlarni “urushni rag‘batlantirish” deb atadi va Germaniyani “jinnilikni to‘xtatishga” chaqirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov Germaniyani ogohlantirdi: “Jinnilikni bas qiling!”