date
views 389

Rossiya uch oyda NATOdan uzoqda: o‘q-dorida ustunlik

Rossiya uch oyda NATOdan uzoqda: o‘q-dorida ustunlik
Bryusselda o‘tkazilgan NATO mudofaa vazirlarining yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida tashkilotning yangi bosh kotibi Mark Ryutte jiddiy bayonot bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya bugungi kunda uch oy ichida NATO a’zosi bo‘lgan barcha mamlakatlar bir yilda ishlab chiqaradigan o‘q-dori miqdorini tayyorlash qobiliyatiga ega.

"So‘nggi yillardagi voqealar harbiy sohadagi muvozanat qanday o‘zgarganini yaqqol ko‘rsatmoqda. Rossiya tomonidan kelayotgan tahdid barqaror va uzoq muddatli. Biz buni 2022 yilda Ukrainaga qarshi boshlangan to‘liq miqyosli urush orqali yanada yaqqol angladik. Albatta, bu voqealarning ildizi 2014 yilga borib taqaladi, ammo aynan 2022 yilda urush yanada dahshatli tus oldi", — deya bayonot berdi Ryutte.

Bosh kotibning ta’kidlashicha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar jihatidan NATO Rossiyadan 25 barobar kuchli bo‘lsa-da, Moskva harbiy sanoatda jiddiy ustunlikka erishgan. Xususan, o‘q-dori ishlab chiqarish masalasida Rossiya tezkor va samarali ish olib bormoqda.

"Biz buni juda yaxshi tushunimiz kerak: harbiy qudratning asosiy tayanchi — bu o‘q-dori. Rossiya bu sohada ulkan salohiyat namoyon etmoqda", — dedi u.

Ryutte bu raqamlar va tahlillar NATO uchun jiddiy signal ekanini qayd etib, a’zo davlatlarni mudofaa sanoatini kuchaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va zaxiralarni to‘ldirish bo‘yicha faolroq harakat qilishga chaqirdi.

Ayni paytda, Rossiya tomoni bu sohada o‘z strategiyasini amalga oshirishda davom etmoqda va G‘arb uchun yangi, jiddiy raqobatchilardan biriga aylanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya uch oyda NATOdan uzoqda: o‘q-dorida ustunlik