
Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida dahshatli voqea sodir bo‘ldi: mamlakatning yetakchi senatorlaridan biri, 2026 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishini ma’lum qilgan Migel Uribe Turbay ommaviy miting paytida qotillik hujumiga uchradi. Hujum natijasida og‘ir yaralangan siyosatchi zudlik bilan vertolyot orqali mahalliy shifoxonaga yetkazildi. Ayni paytda senatorning ahvoli juda og‘ir va u shifokorlarning nazorati ostida hayot uchun kurashmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bu fojiali voqea senator Uribe o‘zining saylovoldi tashviqot kampaniyasi doirasida odamlar bilan uchrashuv o‘tkazayotgan paytda yuz bergan. Bir necha yuzlab odam yig‘ilgan maydonga mototsiklda ikki shaxs yaqinlashgan va ulardan biri kutilmaganda senatorga qarata bir necha marta o‘q uzgan. Shohidlarning aytishicha, hujumchining qarog‘idan otilgan besh-olti o‘q Migel Uribening boshi va tizzasiga tekkan.
Senatorning tansoqchilari zudlik bilan javob qaytarib, jinoyatchilarga qarshi otishma boshlagan. Hujum sodir etgan shaxs tez orada qo‘lga olingan. Qo‘lga olingan shaxsning yoshi juda kichikligi ko‘pchilikni hayratga solgan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, hujumchi o‘smir yoshida bo‘lib, endigina 15 yoshni qarshi olgan (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra 14 yosh). Ushbu o‘q uzgan yosh jinoyatchi ham otishma vaqtida yaralangan va hozirda politsiya nazorati ostida.
Urgente 🇨🇴
— Luis Aníbal Rincón Arguello. ® 🇨🇴 (@Rincon001A) June 7, 2025
Aquí está el momento del atentado al Dr Miguel Uribe
Que dolor de Patria
Gobierno miserable !
Imágenes sensibles pic.twitter.com/tA3VWGap5V
Hibsga olingan o‘smir tergov jarayonida o‘z jonini saqlab qolish evaziga hujum haqidagi muhim ma’lumotlarni taqdim etishga tayyorligini bildirgan. Kolumbiyaning mudofaa vaziri Pedro Sanches bu mudhish hujumga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash uchun muhim ma’lumot taqdim etganlarga katta pul mukofoti berishini ma’lum qildi. Mukofotning miqdori 3 milliard pesogacha (taxminan 730 ming AQSH dollari) belgilangan.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, senator Migel Uribe Turbayning holati juda og‘ir. Hozirgi vaqtda shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun butun kuchlari bilan harakat qilishmoqda. Senatorning turmush o‘rtog‘i Mariya Klaudiya Tarazona ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilib, Uribe jon safarbar qilib, o‘lim bilan kurashayotganini aytdi. Keyinroq u operatsiya tugaganini, ammo ahvoli hanuz og‘irligicha qolganini qo‘shimcha qildi.
Ushbu hujum butun mamlakatda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi va davlat rahbarlari tomonidan keskin qoralandi. Mamlakat prezidenti Gustavo Petro ushbu mudhish voqeani qoralab, Fransiyaga rejalashtirilgan diplomatik safarini bekor qildi. Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Marko Rubio ham hujumni keskin tanqid qildi va buni demokratiyaga qarshi yo‘naltirilgan tahdid sifatida baholadi. Rubioning fikriga ko‘ra, bu kabi jinoyatlar mamlakatning yuqori doiralaridan chiquvchi siyosiy adovatning natijasidir.
Hujum qurboni bo‘lgan Migel Uribe Turbay Kolumbiya siyosiy maydonida mashhur oiladan bo‘lib, sobiq prezident Alvaro Uribe tomonidan tashkil qilingan "Demokratik markaz" konservativ partiyasining yetakchi vakillaridan hisoblanadi. Ayniqsa, uning bobosi Xulio Sezar Turbay 1978 yildan 1982 yilga qadar Kolumbiya prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Shu bilan birga, senatorning onasi Diana Turbay ham tarixda mashhur shaxs bo‘lib, taniqli jurnalist sifatida tanilgan va 1991 yilda jinoyatchi Pablo Eskobarning Medelin karteli tomonidan o‘g‘irlangan va ozod qilinishi paytida fojiali tarzda halok bo‘lgan.
Hozirgi paytda Kolumbiya huquqni muhofaza qiluvchi idoralari ushbu jinoyat bo‘yicha keng qamrovli tergov ishlarini olib borishmoqda. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat keskinlashgan va aholi orasida xavotir uyg‘otgan. Ekspertlarning aytishicha, bu kabi hujumlar mamlakatning ichki vaziyatini yanada murakkablashtirishi va siyosiy beqarorlikka olib kelishi mumkin.
Shuning uchun ham, ayni vaqtda kolumbiyaliklar ushbu jinoiy harakatni sodir etgan barcha shaxslarning qonun oldida adolatli jazolanishini talab qilishmoqda. Uribening ahvoli va hujumning barcha tafsilotlari bo‘yicha aniq ma’lumotlarning e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu voqea, shubhasiz, Kolumbiya siyosiy hayotida muhim ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan voqea sifatida tarixga kirishi ehtimoli yuqori. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar