
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso o‘rtasida yuqori darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muloqotlar yakunida ikki davlat o‘rtasida yangi bosqichdagi munosabatlarga asos soladigan muhim hujjatlar imzolandi.
Eng e’tiborga molik voqea — ikki tomon Strategik sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyani imzolaganidir. Bu esa O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari huzurida qator sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi. Jumladan:
- Diplomatik sohada kadrlar tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha kelishuv;
- Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga doir bitim;
- Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlarning muvofiqligini baholash sohasidagi hamkorlik haqida hujjat;
- Energetika bozorlarini tartibga solish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni ko‘zda tutuvchi kelishuv;
- 2025–2026- yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;
- Shuningdek, standartlashtirish sohasidagi ikki yillik hamkorlik dasturi almashildi.
Ushbu kelishuvlar nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, balki iqtisodiy, ilmiy va texnik sohalarda yangi imkoniyatlar ochilishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Tomonlar bu muloqotni har tomonlama foydali deb baholashdi va yaqin kelajakda ko‘p tomonlama loyihalarni hayotga tatbiq etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar