
Eron yadro quroli yaratish bo‘yicha jiddiy harakatlarga qo‘l urgani borasida AQSH rasmiylari jiddiy xavotir bildirmoqda. Bu haqda Arkanzas shtatidan respublikachi senator Tom Kotton o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset Eron tomonidan yadroviy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan harakatlarni tasdiqlagan. “Eron yadro quroli yaratish ustida faol ish olib borayapti. Bu holat milliy xavfsizligimiz, do‘st-ittifoqchilarimiz va butun mintaqa tinch aholisi uchun ulkan tahdid soladi. Biz buni qatiy to‘xtatishimiz kerak”, — deb yozadi senator.
Bu bayonot dunyo hamjamiyati, xususan, Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) e’lon qilgan so‘nggi ma’lumotlar fonida yangramoqda. Joriy yil 9-iyun kuni MAGATE bosh direktori Rafael Mariano Grossi Erondagi bir nechta maxfiy obyektlarda avvalgi yillarda antropogen uran zarralari topilganini e’lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu joylar 2000-yillar boshida tugatilgan, ammo haligacha deklaratsiya qilinmagan yadroviy faoliyat izlari aniqlanmoqda.
Grossining ta’kidlashicha, ushbu obyektlar “e’lon qilinmagan, yashirin yadro dasturining bir qismi bo‘lgan” va ularda deklaratsiya qilinmagan yadroviy materiallardan foydalanilgan. Bu esa Eron yadro dasturi atrofidagi xavotirli vaziyatni yanada kuchaytirmoqda.
Xalqaro ekspertlar bu holat yadroviy qurol tarqalishiga qarshi kurashda jiddiy tahdid sifatida baholamoqda. AQSH, Yevropa va mintaqadagi ko‘plab davlatlar Erondan faoliyatni ochiq va shaffof ravishda olib borishni talab qilmoqda.
Dunyo jamoatchiligi ushbu masalani jiddiy ravishda kuzatmoqda. Eronning yadroviy dasturi yuzasidan kelishuvlarga rioya qilishi va xalqaro inspeksiyalarga to‘liq ochiqlik ta’minlashi nafaqat mintaqaviy barqarorlik, balki butun insoniyat xavfsizligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar