date
views 276

Isroil Eron bilan ehtimoliy urushga to‘liq shay holda

Isroil Eron bilan ehtimoliy urushga to‘liq shay holda
Midda Sharqdagi siyosiy vaziyat yanada keskinlashmoqda. Isroil rasmiylari ehtimoliy xavflarga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganini aniq bayon qilmoqda. Xususan, Isroil va Eron o‘rtasida keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuv ro‘y berish ehtimoli ortib borayotgan bir paytda, Isroil hukumati har qanday ssenariyga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Bu haqda Isroil bosh vaziri devonining maslahatchisi Dmitriy Gendelmanning so‘zlariga tayangan holda xabar berilmoqda. Uning ta’kidlashicha, mamlakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida barcha choralar ko‘rilmoqda.

"Isroil har qanday rivojlanishga tayyor", — dedi Gendelman, Eron bilan to‘liq miqyosli mojaro ro‘y berishi mumkinligi haqidagi savolga javob berib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil birinchi navbatda o‘z milliy harbiy salohiyatiga tayanadi. Bu — ham mudofaa, ham hujum qobiliyatlarini nazarda tutadi.

Gendelman, shuningdek, Isroil tashqi yordamga qarab qolmasligini, barcha sharoitlarda mustaqil harakat qilish imkoniyatiga ega ekanini alohida ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda Isroil va Eron o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar yanada taranglashgan. Mintaqada yuz berayotgan voqealar va siyosiy bayonotlar ikki davlat o‘rtasida keskin ziddiyatlar saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar fikricha, agar vaziyat battar izdan chiqsa, bu nafaqat ikki davlat, balki butun mintaqadagi xavfsizlik muvozanatiga jiddiy tahdid solishi mumkin.

Shu bois, rasmiy Tel-Aviv har qanday ehtimoliy rivojlanishni oldindan inobatga olgan holda, harbiy va siyosiy tayyorgarlik choralarini ko‘rmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Eron bilan ehtimoliy urushga to‘liq shay holda