
Yaqin Sharqdagi keskinlashuv yangi darajaga chiqdi. Isroil mudofaa kuchlari Eron poytaxtidagi IRIN davlat telekanali tahririyati joylashgan binoga aniq zarba berdi. Mahalliy Telegram kanallari va axborot agentliklari tarqatayotgan lavhalarda yong‘in va quyuq tutun bilan o‘ralgan bino, atrofdagi hayajonli holat va tez yordam mashinalari ko‘zga tashlandi.
Ko‘rsatilgan kadrlarda portlash lahzasi IRIN telekanali jonli efirida ham qayd etildi. Dastlab Tehronning keng panoramasi namoyish etilayotgan edi, bir paytda studiyadagi translyatsiyada ekran pardasi qattiq zarbadan yirtiladi, qog‘ozlar uchib ketadi, boshlovchi hayajonda studiyani tark etadi. Bir necha soniya davomida efir to‘xtab qoladi, kadr kul va qora tutun bilan qoplanadi. Bu voqea butun Eron bo‘ylab keng muhokama va sarosima uyg‘otdi.
Aytish joiz, bundan oldin Isroil rasmiylari aynan shu tumandagi binoga zarba berilishi mumkinligi haqida ogohlantirib, aholini zudlik bilan xavfsiz hududga ko‘chishga chaqirgan edi. The Times of Israel nashrida keltirilishicha, Isroil mudofaa vaziri Israel Kas bu qarorni davlat xavfsizligi nuqtayi nazaridan oqlangan, deb baholadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar borligi aytilmoqda, aniq sonlar va jabrlanuvchilar holati haqida rasmiy ma’lumotlar berilgani yo‘q. Shunga qaramay, bu voqea mintaqadagi media va axborot xavfsizligiga yangi tahdid sifatida baholanmoqda.
Mavjud vaziyat Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroning yanada kuchayishini va axborot urushlari davriga kirib kelganini ko‘rsatmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar