
Isroilning havo hujumlariga qarshi eng ilg‘or tizimlaridan biri — Arrow (O‘q) mudofaa majmuasi jiddiy tahdid ostida qoldi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, ushbu tizim uchun mo‘ljallangan raketa zaxirasi deyarli tugagan va bu holat mamlakat xavfsizligiga jiddiy sinov tug‘dirmoqda.
Amerikalik rasmiylar bu muammo haqida bir necha oy avvaldan boxabar bo‘lishgan. Shu sababli, AQSH Isroildagi mudofaani mustahkamlash maqsadida qo‘shimcha qurol-yarog‘, havo va dengiz kuchlarini Yaqin Sharqqa yo‘lladi. Hozirgi kunda Isroil armiyasidagi mudofaa imkoniyatlari hafta oxirigacha saqlanishi mumkin, deb xabar beradi The Washington Post.
Manbalarga ko‘ra, SAXAL (Isroil mudofaa kuchlari) har bir uchirilayotgan raketaga qarshi zarba berishda tanlov qilishga majbur bo‘ladi — ya’ni, barcha raketa xavflarini birdek bartaraf etish imkoni yo‘qolishi mumkin.
So‘nggi kunlarda Isroil Eron tomonidan yo‘llangan yuzlab raketa va dronlarni muvaffaqiyatli to‘xtatib qoldi. Biroq Eronning qancha raketa zaxirasi borligi, ularning texnik xususiyatlari va keyingi qadamlari haqida aniq ma’lumot mavjud emas.
Tahlilchilar fikricha, agar zaxiralar yangilanmasa, Isroil xavo hujumlariga qarshi turishda jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Bu esa faqat Isroil emas, balki butun mintaqa xavfsizligiga ham ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.
Shu bois, AQSH va Isroil harbiy-siyosiy rahbariyatining navbatdagi qadamlari nafaqat mudofaa strategiyasi, balki xalqaro geosiyosiy barqarorlik uchun ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar