date

London AQSH–Eron ziddiyati ortidan ogohlik holatiga o‘tdi

London AQSH–Eron ziddiyati ortidan ogohlik holatiga o‘tdi
Buyuk Britaniya rasmiylari Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan vaziyat tufayli yuqori ogohlantirish holatiga keltirildi. Bu haqda nufuzli Financial Times nashri hukumatdagi manbalariga tayanadi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh vazir Kir Starmer boshchiligida o‘tkazilgan Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hukumat qo‘mitasi — Cobra yig‘ilishida AQSHning Eronga nisbatan ehtimoliy harbiy zarbasi muhokama qilingan. Qo‘mita a’zolari vaziyatni “juda beqaror va xavfli” deb baholagan.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor AQSH prezidenti Donald Tramp (egallab turgan taqdirda) Isroilni qo‘llab, mojaroga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashishga qaror qilsa, Britaniyaning Hind okeanidagi Chagos arxipelagida joylashgan Diyego-Garsiya harbiy bazasidan foydalanish imkoniyatiga qaratilgan. Biroq, FT manbalariga ko‘ra, bunday operatsiyaga London tomonidan aniq rozilik bildirilmagan va Vashington ham hozircha aniq taklif kiritmagan.

Financial Times yozishicha, Buyuk Britaniya bugungacha Eron va Isroil o‘rtasidagi keskin munosabatlardan chetda turishga muvaffaq bo‘lgan. Manbalarning ta’kidlashicha, London “Tehrondagi elchixona yopilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatdan voz kechish” pozitsiyasini ushlab turibdi.

Britaniya hukumati vakili jurnalistlar savollariga javoban "gipotetik operatsiya" haqidagi tafsilotlarni muhokama qilishdan bosh tortgan.

Xalqaro maydonda yuzaga kelayotgan yangi ziddiyat siyosiy tenglik va xavfsizlik muvozanati uchun jiddiy sinov bo‘lib, Yevropa vakillari vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » London AQSH–Eron ziddiyati ortidan ogohlik holatiga o‘tdi