
22-iyun kuni olingan yangi sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida Fordo yadro inshootida oltita yangi krater ko‘rinmoqda — bu, ehtimol, AQSh o‘q-dorilarining kirish nuqtalari bo‘lib, yer yuzasidagi kulrang tusdagi dog‘lar esa portlashlar natijasida uchib chiqqan beton qoldiqlari bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
AQSHlik generalning ma'lum qilishicha, dastlabki jangovar zarar bahosiga ko‘ra, uchala obyekt ham nihoyatda jiddiy darajada shikastlangan va vayron qilingan. Yetkazilgan zararning to‘liq miqyosini baholash biroz vaqt olishi mumkin.
Ma'lumot uchun AQSh tomonidan 6 ta 13.5 tonnalik MOP (Massive Ordnance Penetrator – og‘ir kiruvchi) bomba ishlatilgan. Bombalar kirgan joyda katta portlash effekti ko‘rinmaydi, chunki bomba kirish nuqtasida emas, inshootning chuqurroq qismida portlash uchun mo‘ljallangan.
Tasvirda uchta alohida o‘q-dori ikkita alohida zarba nuqtasiga tashlanganini ko‘rish mumkin. Tunnelga kirish joylari to‘sib qo‘yilgan ko‘rinadi. Ularning yaqinida hech qanday krater yoki zarba nuqtasi ko‘rinmagani sababli, bu Eronning kirish joylari havodan bombardimon qilinishining oldini olish uchun ataylab qilgan harakati bo‘lishi mumkin.
Eron Atom Energetikasi Tashkiloti bu uchta yadro obyektining bombardimon qilinishini “xalqaro huquqning vahshiyona buzilishi” deb atadi.
Saudiya Arabistoni va BMTning yadro kuzatuv organi — Xalqaro Atom Energetikasi Agentligi (IAEA) esa hujumdan keyin radiatsiya darajasida hech qanday o‘sish kuzatilmaganini aytdi.
Eron davlat telekanalining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Hasan Abedini davlat televideniyesida chiqish qilib, Eron bu uchta yadro obyektini “bir oz vaqt oldin” evakuatsiya qilganini ma’lum qildi. U, shuningdek, “asosiy zarba yetkazilmadi, chunki materiallar allaqachon olib chiqilgan edi”, deb qo‘shimcha qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar