
Suriya poytaxti Damashq shahridagi cherkovda 22-iyun kuni xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda SANA agentligi xabar berdi.
Suriya Ichki ishlar vazirligi o‘zining rasmiy Telegram kanalida quyidagilarni ma’lum qildi: “Terrorchi tashkilot IShIDga aloqador bo‘lgan xudkush terorchi Damashq poytaxtining Duvayla tumanidagi Avliyo Ilyos cherkoviga kirib, o‘qqa tutgan va so‘ngra o‘zini portlatgan”.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta tinch aholi vakillari halok bo‘lgan va boshqalar jarohat olgan. Xavfsizlik kuchlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, butun hududni o‘rab oldi, tegishli guruhlar dalillarni to‘plash va hodisaning tafsilotlarini o‘rganishni boshladi”, — deyiladi Vazirlik bayonotida.
Suriya Sog‘liqni saqlash vazirligi esa terrorchilik hujumining dastlabki natijalariga ko‘ra, to‘qqiz nafar tinch fuqaro halok bo‘lgan, 13 nafari jarohatlanganini ma'lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga asosan xudkush terrorchi o‘tkinchilarga qarata avtomatdan o‘t ochgan. Shundan so‘ng bino ichidagi portlovchi modda o‘rnatilgan kamarni ishga tushirgan.
Maʼlumot o‘rnida, bu hujum 2024-yil dekabr oyida Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan beri Damashqdagi ilk xudkush hujumi hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar