
Fransiyaning janubi-sharqidagi Gult qishlog‘ida yuz bergan qayg‘uli voqea nafaqat mamlakat, balki butun dunyo jamoatchiligining e’tiborini tortdi. 22 iyun kuni o‘tkazilgan nikoh tantanasi shiddatli fojiaga aylandi: 27 yoshli kelin o‘z to‘yi kunida qurolli hujum oqibatida halok bo‘ldi.
Tafsilotlarga ko‘ra, ertalab soat 4:30 atrofida, kelin-kuyov va mehmonlar tuyxonani tark etayotgan paytda niqobli va qurollangan shaxslar ularga hujum qildi. Mahalliy manbalarning ta’kidlashicha, hujumchilar bir nechta turdagi qurol bilan kelgan va voqea joyida o‘q uzganlar. Achinarlisi, ushbu voqea natijasida 27 yoshli kelin hayotdan ko‘z yumdi, 25 yoshli kuyov hamda 13 yoshli o‘smir og‘ir tan jarohati oldi.
Tergovga yaqin manbalarning aytishicha, bu jinoyat giyohvand moddalar bilan bog‘liq hisob-kitoblar tufayli sodir etilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, hujumchilardan biri hodisa paytida halok bo‘lgani qayd etilmoqda. Qolgan jinoyatchilar esa hodisadan so‘ng piyoda qochib ketishga muvaffaq bo‘lishgan.
Gult qishlog‘i Fransiyaning Marsel shahridan taxminan 80 kilometr shimolda joylashgan bo‘lib, 1000 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Oxirgi yillarda bu mintaqa giyohvand moddalar va unga bog‘liq jinoyatlar tufayli ko‘p marta OAV sahifalariga chiqdi. Fransiya hukumati esa bunday holatlarning oldini olish va narkobiznesga qarshi kurashni yanada kuchaytirishga va’da berdi.
Prokurorning ta’kidlashicha, hujumchilar aniq reja asosida harakat qilgan va qurollangan holda kelgan. Jinoyatning asl sabablari tergov davomida to‘liq aniqlanishi kutilmoqda.
Bunday voqealar Fransiya jamiyatida xavotir va g‘azab uyg‘otmoqda. Bir paytlar tinch va osuda hisoblangan kichik qishloqdagi to‘yning qotillik bilan tugashi – mamlakatdagi jinoyatchilik va giyohvandlik muammosi qanchalik jiddiyligini yana bir bor namoyon qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar