date

Yadro urushida 5 milliardgacha odam halok bo‘lishi mumkin

Yadro urushida 5 milliardgacha odam halok bo‘lishi mumkin
So‘nggi yillarda xalqaro siyosiy ziddiyatlarning kuchayishi fonida yadro urushi ehtimoli insoniyat uchun eng katta tahdidlardan biriga aylanib bormoqda. Yaqinda nufuzli xalqaro ilmiy guruh tomonidan o‘tkazilgan modellashtirish natijalari ushbu xavfning oqibatlarini yanada aniqroq tasavvur etishga yordam berdi.

Tadqiqotga ko‘ra, global miqyosdagi yadro to‘qnashuvi yuz bersa, bevosita portlashlar natijasida taxminan 360 million kishi halok bo‘ladi. Biroq, bu fojia shunchasi bilan tugamaydi. Yadro zarbalari natijasida atmosferaga 165 million tonnadan ortiq tutun va chang ko‘tarilishi, Quyosh nurlari er yuziga yetib borishini keskin kamaytiradi. Bu holat "yadro qishi" deb nom olgan ekologik ofatga olib keladi – ya’ni global haroratning pasayishi va qurg‘oqchilik, qishloq xo‘jaligi inqirozi va umummilliy ocharchilik boshlangan davr.

Ushbu yadro qishi natijasida 5 milliardgacha inson ochlikdan halok bo‘lishi mumkin, deyiladi olimlarning xulosasida. Insoniyat tarixi uchun bu kutilgan eng yirik halokat bo‘ladi. Zarar ko‘lamining bu qadar katta bo‘lishi oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimining global bog‘liqligi va iqlim muvozanatining o‘ta nozikligidan dalolat beradi.

Yashab qolish imkoniyati kimlarda mavjud?
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, faqat Yangi Zelandiya va Avstraliya kabi yadro qudratlaridan geografik jihatdan uzoq, iqlimi mo‘tadil va mustaqil oziq-ovqat tizimiga ega mamlakatlargina yashab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu davlatlar okean oqimlari va shamollar ta’sirida radiatsiyadan nisbatan himoyalangan.

Boshqa ko‘plab davlatlarda esa tiriklik saqlanib qolishi mumkin, ammo odamlar yer ostida, juda cheklangan oziq-ovqat zaxiralari bilan omon qolishga harakat qilishadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yadro urushida 5 milliardgacha odam halok bo‘lishi mumkin