date

Ali Xominaiy Ashuro kuni jamoat oldida birinchi bor namoyon bo‘ldi

Ali Xominaiy Ashuro kuni jamoat oldida birinchi bor namoyon bo‘ldi
Eronning eng yuqori rahbari, 86 yoshli Ali Xominaiy, Ashuro kuni munosabati bilan Tehrondagi masjidda bo‘lib o‘tgan diniy marosimda ishtirok etdi, deb xabar berdi iranintl.com. Marosim davomida Xominaiy masjidga to‘plangan ziyoratchilar bilan qo‘lini ko‘tarib salomlashdi va u yerdagi minglab odamlar rahbarni katta mamnuniyat va hurmat bilan qarshi oldi.

Tadbirdan olingan videolavhalar va fotosuratlar nafaqat mahalliy axborot vositalarida, balki bir qator xorijiy nashrlarda ham keng tarqaldi. Ko‘plab tahlilchilar bu holatni oliy rahbarning so‘nggi oylardagi ilk ommaviy chiqishi sifatida baholamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil bilan keskin ziddiyatlar boshlanganidan buyon Ali Xominaiy, asosan, yopiq hududlarda yoki maxfiy joylarda tasvirga olingan videomurojaatlar orqali xalq oldiga chiqish bilan cheklanib kelayotgan edi. Uning eng so‘nggi rasmiy murojaati 26 iyun kuni efirga uzatilgandi.

Ayrim tahlilchilar, oliy rahbarning masjidda ochiq namoyon bo‘lishi mamlakatdagi ruhiy kayfiyat va siyosiy vaziyatga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Bu chiqish xorijiy OAVlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi va ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Ashuro — Eron va butun musulmon olamida azal-azaldan muhimi diniy sana hisoblanadi. Shu bois ushbu marosimda oliy rahbarning shaxsan qatnashgani katta ahamiyat kasb etdi.

Erondagi ijtimoiy vaziyat va tashqi siyosiy bosimlar ostida Xominaiyning bevosita jamoat oldiga chiqishi mamlakatda va dunyoda turli fikrlar va tahlillarga sabab bo‘lmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ali Xominaiy Ashuro kuni jamoat oldida birinchi bor namoyon bo‘ldi