
Pokistonning Lahor shahrida sodir bo‘lgan hayratlanarli va daxshatli voqea jamoatchilik orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Shahar ko‘chalarida qo‘lda boqilgan sher nazoratdan chiqib, bir ayol va uning uch nafar yosh bolasiga hujum qilgan. Hodisa mahalliy aholining qo‘rquvga tushishi, bolalarning qichqiriqlari va yo‘lovchilarning panik holatda qochishi bilan yakunlandi.
O‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali yozib olingan videoyazuvda shundoq ko‘rinishga ega: ulkan yirtqich devorni osonlikcha oshib o‘tadi va ikki bolasi bilan harakatlanayotgan ayolni qidirib topadi. Onalarcha burilib qochishga uringan ayol va farzandlari afsuski, sherning to‘sqinliksiz harakati natijasida uning panjalari ostida qolishadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi ayol va uning 5 hamda 7 yoshli farzandlari og‘ir jarohatlar olgan, ayniqsa, yuz va qo‘llarida tan jarohatlari kuzatilgan. Yaxshi tomoni shundaki, hozirda ular shifoxonada va ahvollari barqaror deb baholanmoqda.
Hodisadan so‘ng politsiya sher egalariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ularga «loyiq ruxsatnomasiz yovvoyi hayvon saqlash» va «beparvolik orqali jamoat xavfsizligiga tahdid solish» ayblari qo‘yildi. Tergov davomida ma’lum bo‘lishicha, sher shahar hududida qonunga zid ravishda saqlangan bo‘lib, uning nazorati yetarlicha ta’minlanmagan.
Bu voqea mahalliy va ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Bolalarning otasi ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida:
“Bizga sher hujum qilayotgan paytda uning egalari hech qanday yordam bermadi. Ular bir chetda kuzatib turgan, lekin hayvonni to‘xtatishga urinmadi,” — deya gina qildi.
Videoda ayol yiqilgandan so‘ng qayta turib, yordam so‘rash uchun atrofdagilarga yugurib borayotgani, odamlar esa tarsakalik bilan har tomonga tarqalayotgani aks etgan.
Pokistonda sher, leopard, yo‘lbars, puma va hatto yaguar kabi yirtqichlarni shaxsiy mulk sifatida saqlash qonunan ruxsat etilgan. Ammo bu uchun tegishli ro‘yxatdan o‘tish va 50,000 rupiy (taxminan $176) miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshirilishi talab qilinadi. Shunday bo‘lsa-da, qonun shuni ham belgilaydiki, bunday yirtqichlar shahar hududidan tashqarida saqlanishi shart. Aynan ushbu jihatning buzilishi vaziyatni murakkablashtirgan.
Shu voqeadan so‘ng, Panjob viloyati hokimligi noqonuniy yirtqich hayvonlar saqlanishiga qarshi keng ko‘lamli reydlar o‘tkazishni boshladi. Hozirga qadar 5 nafar shaxs qo‘lga olindi va 13 ta sher musodara qilingan.
Ta’kidlash joizki, bu birinchi bunday holat emas. Joriy yil yanvar oyida Pokistonlik mashhur YouTube blogeri Rajab Butt ruxsatnomasiz sher bolasi saqlagani uchun javobgarlikka tortilgan edi. Unga jamoat uchun xayvonlar huquqini himoya qilish mavzusida videoroliklar tayyorlash majburiyati yuklatilgan.
Bu holatlardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatda yirtqichlarni uyda saqlash madaniyati ko‘proq obro‘ va nufuz ramzi sifatida qaraladi. Ammo ushbu hodisalar bu odat jamiyat xavfsizligiga qanday tahdid solishini yaqqol namoyon qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar