date

BBCdagi “ism xatosi” jamoatchilikning g‘azabini keltirdi

BBCdagi “ism xatosi” jamoatchilikning g‘azabini keltirdi
BBC sharhlovchisining xato ismi butun ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi

Uimbldon musobaqasi paytida BBC'ning tajribali sharhlovchisi Endryu Kasl tomonidan yo‘l qo‘yilgan oddiy til xato jamoatchilik tomonidan jiddiy tanqidga uchradi. U Amerika futbol yulduzi Triniti Rodmanning ismini bir necha marta “Tiffani” deb noto‘g‘ri atagani uchun kechirim so‘rashga majbur bo‘ldi.

23 yoshli Olimpiada chempioni va AQSH ayollar milliy terma jamoasi futbolchisi Triniti Rodman bu voqeaga o‘zining Instagram sahifasida javob qaytardi. U shunday deb yozdi:
“Bilmaganlar uchun: ismim Triniti, Tiffani emas.”

Eslatib o‘tamiz, Rodman bugungi kunda Uimbldonda ishtirok etayotgan amerikalik tennischi Ben Sheltonning rafiqasi hisoblanadi. U Sheltonning Italiyalik raqibi Lorenso Sonegoga qarshi o‘yinida tribunada qo‘llab-quvvatlovchilar qatorida bo‘lgan.

Shaxsiy hayotga xalaqit berishmi?
Biroq masala faqat ismda emas. Kasl tomonidan sharh paytida aytilgan yana bir fikr ham jamoat e’tiboridan chetda qolmadi. U Rodmanni ekranda ko‘rib shunday dedi:
“Bu ayolning otasi — Dennis Rodman, menimcha, barcha zamonlarning eng zo‘r sportchilaridan biri. NBA tarixidagi eng yaxshi riboundchi va biroz og‘ir xarakterli shaxs.”

Bu fikrga javoban, Rodman quyidagini yozdi:
“Bu Benning o‘yini. Uning yaqinida uning oilasi bor. Mening otam esa umuman hayotimda yo‘q. Shuning uchun uni bunday paytlarda eslashning hech qanday ehtiyoji yo‘q. Iltimos, bu Ben va uning yaqinlari uchun muhim palla — shunchaki hurmat qiling.”

Ilgargi bahslar ham eslatildi
Endryu Kasl ilgari ham shubhali sharhlari bilan bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. 2016 yili Britaniyalik tennischi Markus Uillisning qiz do‘stiga qarata bergan estetik bayoni jinsiy kamsitish deb baholangan edi. 2022 yili esa u sudlangan tennis yulduzi Boris Bekkerni Uimbldonga qayta kelishini kutgani haqida aytgan fikri bilan jamoatchilik tanqidiga uchragan.

BBC rasmiy bayonot berdi
BBC matbuot kotibi shunday izoh berdi:
“Endryu Kasl Triniti Rodmanning ismini noto‘g‘ri aytgani uchun kechirim so‘raydi.”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BBCdagi “ism xatosi” jamoatchilikning g‘azabini keltirdi