date

Neapoldagi Pissalar: Bunday Ta’mni Boshqa Joyda Topa Olmaysiz!

Neapoldagi Pissalar: Bunday Ta’mni Boshqa Joyda Topa Olmaysiz!
Pissani toʻliq tushunish uchun uni aynan oʻzi tugʻilgan joyda — Neapol shahrida tatib koʻrish zarur, deb hisoblaydi mashhur italiyalik pissa ustasi Daniele Uditi. U AQShda 15 yildan ortiq vaqt yashashiga qaramasdan, oʻzini hali ham haqiqiy neapollik deb biladi.

"Qaerda yashashimdan qat'i nazar, men har doim Neapollik boʻlib qolaman," deydi u BBC nashriga bergan intervyusida. Shu bilan birga, pissaning oʻzi ham aynan Neapolda dunyoga kelgan. Uning ixtirosi koʻpchilikning fikricha, 19-asrda shef Raffaele Espozito tomonidan amalga oshirilgan boʻlib, u Italiya bayrogʻining ranglari asosida oq, qizil va yashil ingredientlardan iborat maxsus pissa yaratgan.

Uditi, 2022 yili Hulu platformasida namoyish etilgan “Best in Dough” pissa tanlovida hakam sifatida qatnashgan va butun dunyo boʻylab pissa turlicha tayyorlanishini tan olgan holda, pissaning haqiqiy ta'mini aynan Neapolda his qilish mumkinligini ta'kidlaydi.

Neapolda pissa eyish boshqa dunyo
“Pissani anglash uchun sen uni aynan uning vatanida, portfelcha kabi oʻralgan holda eyishing kerak”, – deydi u “al portafoglio” uslubini nazarda tutar ekan. Bu — koʻchada eyish uchun ikki marta oʻralib, portfel shaklida beriladigan Neapol pissasi turi. “Shaharning shovqin-suroni ichida, qoʻlida pissa qutisi bilan yurgan va telefonda gaplashayotgan neapolliklarni koʻra turib, haqiqiy pissa tajribasini his qilasan.”

Pissa juda katta boʻlishi mumkinmi? “Albatta, u mukammal emas”, tan oladi Uditi. “Neapol pissasi hunarmand mahsulot — har doim aylana shaklida boʻlmasligi mumkin. Lekin u Neapol shahrining oʻzi kabi: kamchiliklari bor, lekin har bir boʻlagidan soʻng hammasi ma'noga ega boʻladi.”

Daniele Uditi tavsiya qilgan Neapoldagi eng yaxshi 3 pisseriya
1. Hamma uchun mos klassika: Pizzeria La Notizia 53 (Enzo Coccia)
Shaharning yashil va baland joyda joylashgan Kapodimonte tumanida joylashgan ushbu pisseriyaga har xil toifadagi mijozlar tashrif buyuradi: professorlardan tortib, talabalar, juftliklar — hammasi bu erda. Uditining ta'kidlashicha, Enzo Coccia tayyorlaydigan klassik Margarita pissasi bu erdagi eng mashhur tanlov.

“Uning Margaritasi — uch asosiy ingredient oʻrtasidagi mukammal muvozanat. Hech biri ortiqcha emas, hammasi bir-birini toʻldiradi”, deydi Uditi.

2. Eng yogʻsiz va engil montanara: Antonio Starita
Rione di Sanita mahallasi yonida joylashgan Antonio Starita pisseriyasi nafaqat oʻz pissalari, balki Neapolning sevimli koʻcha taomi — montanarasi bilan mashhur. Bu chuqur yogʻda qovurilgan xamir boʻlib, ustidan tomat sousi, yangi mosarella va rayhon qoʻshiladi.

Uditining ta'kidlashicha, bu erda xamir umuman yogʻli boʻlmaydi, yupqa va engil tayyorlanadi. “Sousi esa oldindan pishirilgan boʻlishi kerak. U sugoga oʻxshaydi — juda mazali va chuqur ta'm beradi.”

Qatorlardagi uzun navbatni chetlab oʻtish boʻyicha maslahati: “Ochilish paytida emas, tushdan keyin yoki tungi payt, yopilishga yaqin boring. Shunda sizga albatta joy topiladi.”

3. An'anaviy reseptlarga zamonaviy yondashuv: Pizzeria Concettina ai Tre Santi
Rione Sanita ichida joylashgan ushbu pisseriyani endi egasining nabirasi — yosh va iqtidorli shef Chiro Oliva boshqaradi. Uditi uni “an'anani saqlab, zerikarli qilmaydigan shef” deb ta'riflaydi.

Bu erda nafaqat klassik pissalar, balki betakror taomlar ham bor. Masalan, Fondazione San Gennaro — kalbasa, qovurilgan provola pishlogʻi va tarralo 'nzonya e pepe (chuchuk va bodomli an'anaviy krekerlar) qoʻshilgan ulkan pissa.

“Pissa odatda yumshoq boʻladi, u esa tekstura kiritishni boshladi”, deydi Uditi. “Keling, krekerni pissaga solaylik, deb oʻyladi va bu ish berdi.”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Neapoldagi Pissalar: Bunday Ta’mni Boshqa Joyda Topa Olmaysiz!