
AQSH Prezidenti Donald Tramp 1-avgustdan boshlab Meksika va Yevropa Ittifoqidan olib kiriladigan mahsulotlarga 30 foizlik boj solig‘i joriy etilishini e’lon qildi. Bu qaror AQSHning yirik savdo hamkorlari bilan muzokaralar natijasiz yakunlanganidan so‘ng kiritildi.
Mazkur bojlar AQSHning Yevropa Ittifoqi va Meksika bilan bo‘lgan savdo zanjirlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum bunday tahdidga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashishga chaqirdi va mamlakat suvereniteti hech qachon savdolashuv mavzusi bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidladi. Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen esa ushbu bojlar transatlantik iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytdi va zarurat tug‘ilganda javob choralarini ko‘rishini bildirdi.
Tramp boshqa 23 mamlakatga ham o‘xshash maktublar yuborgan, ularda 20% dan 50% gacha boj solinishi mumkinligi aytilgan. Bu davlatlar qatorida Kanada, Yaponiya va Braziliya ham bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar