date

Rossiyadagi bir qishloqda 18 nafar uzoq umr ko‘ruvchi yashaydi

Rossiyadagi bir qishloqda 18 nafar uzoq umr ko‘ruvchi yashaydi
Surx-Digora — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Severnaya Osetiya-Alaniya Respublikasida joylashgan kichikgina qishloq. Ammo bu joy butun mamlakat uchun o‘ziga xos: u yana bir bor Rossiya Rekordlar kitobiga kiritildi. Bu safar ham — uzoq umr ko‘ruvchilar soni bo‘yicha, deb Pravilamag xabar bermoqda.

Hozirda Surx-Digora qishlog‘ida 90 yoshdan oshgan 18 nafar fuqaro yashamoqda. Ulardan eng keksa inson — Sonya Xadziretovna Arkayeva, 1927 yil 10 fevralda tug‘ilgan. U 98 yoshda va hanuz jismonan faol. Qishloqdagi “eng yosh” uzoq umr ko‘ruvchi esa 90 yoshli Sergey Nikolayevich Sakiyev — u 1935 yil 1 iyulda tug‘ilgan.

Rossiya Rekordlar kitobi rasmiy saytida har bir uzoq umr ko‘ruvchining ismi va suratlari e’lon qilingan. Surx-Digora bungacha ham bu yo‘nalishda rekord o‘rnatgan — 2021 yilda 17 nafar keksa fuqaro bilan ro‘yxatga kiritilgan edi.

Mahalliy mutaxassislar va vrachlar fikricha, bundagi asosiy omillar quyidagicha:

- Sog‘lom muhit va tabiiy ovqatlanish;

- Yuqori jismoniy faollik — keksalar hali ham uy yumushlari va bog‘ ishlarida ishtirok etadi;

- Sog‘lom ijtimoiy muhit — yoshlar keksalarga ehtirom bilan qaraydi, ularning tajribasiga suyanadi;

- Stress darajasining pastligi va tabiiy hayot tarzi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi bir qishloqda 18 nafar uzoq umr ko‘ruvchi yashaydi