date

Amerika pashsha xavfi tufayli chegaralarni yopishga majbur bo‘ldi

Amerika pashsha xavfi tufayli chegaralarni yopishga majbur bo‘ldi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Meksika bilan janubiy chegarasini vaqtincha yopishga qaror qildi. Bu safargi cheklovlar migratsiyaga emas, balki chorva mollariga jiddiy tahdid solayotgan tropik hasharot — Amerika pashshasiga qarshi yo‘naltirilgan.

Mazkur pashsha chorva mollarining tanasiga tuxum qo‘yib, yaralar orqali o‘suvchi lichinkalari orqali juda katta zarar yetkazadi. Ular hayvonlarning og‘riq, infeksiya va hatto o‘lim holatlariga olib kelishi mumkin. Bu esa fermerlar uchun katta iqtisodiy yo‘qotishlar bilan tugashi aniq.

AQSH bu muammoga qarshi kurashishda bir necha o‘n yillardan beri o‘z uslubiga tayanadi: zararsiz, ya’ni sterillashtirilgan erkak pashshalarni ommaviy ko‘paytirib, ularni yovvoyi urg‘ochilar bilan juftlashish uchun havoga qo‘yib yuborish. Bu usul 1970 yillarda ish bergan va tropik pashshalar Panama hududida to‘xtatilgan edi.

Biroq 2024 yil oxirida Meksikaning janubiy qismida ushbu pashshalar populyatsiyasi qayta aniqlandi. Endi esa ular AQSHning Texas shtati sari harakatlanmoqda. Agar ular bu hududga yetib borsa, tarixdagi kabi go‘sht sanoatiga katta zarar yetishi mumkin.

Shu sababli, AQSH hukumati Meksikadan keladigan barcha tirik chorva mollarini qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunda asosiy maqsad — pashshaning mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum esa bu qarorni tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH o‘z go‘sht bozorini himoya qilish bahonasida tahdidni ortiqcha bo‘rttirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika pashsha xavfi tufayli chegaralarni yopishga majbur bo‘ldi