date

G‘azoda bolalar suv uchun jondan kechdi

G‘azoda bolalar suv uchun jondan kechdi
Yaqin Sharqda tinchlik tobora uzoqlashmoqda. Yangiliklarga ko‘ra, yakshanba kuni Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo hujumi G‘azo markazidagi Al-Nuseyrat qochqinlar lagerida yana bir fojeaga sabab bo‘ldi.

Guvohlarning aytishicha, dron zarbasi suv sisternasi yonida suv olish uchun navbat kutayotgan insonlarga yo‘naltirilgan. Ular orasida ko‘plab bolalar bo‘lgan.

Nashrlarda yozilishicha, hujum natijasida jami 10 kishi halok bo‘lgan. Ulardan 6 nafari — qo‘lida bo‘sh idishlar bilan suv kutayotgan bolalar edi. Hodisa yuzasidan Isroil rasmiylari hozircha rasmiy izoh bergani yo‘q.

Qizil Xoch jamiyati tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 27 maydan beri G‘azoda ochilgan yangi oziq-ovqat tarqatish punkti faoliyat yuritmoqda. Shu kundan boshlab shifoxonalarga 3400 dan ziyod yaralanganlar keltirilgan. 250 nafardan ko‘proq insonning hayotini saqlab qolib bo‘lmagan.

Mazkur ko‘rsatkichlar o‘tgan yil mobaynida qayd etilgan shunga o‘xshash holatlardan ham og‘irroq bo‘lmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azoda bolalar suv uchun jondan kechdi