Fransiya rahbari Emmanuel Makron ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muhim siyosiy bayonot bilan chiqdi — u Parij 2025 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida Falastin davlatini rasman tan olishini ma’lum qildi.
"Falastin davlatini tan olish haqidagi qarorni qabul qildim. Bu haqda BMT miqyosidagi anjumanda tantanali tarzda e’lon qilaman", — dedi Makron.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Fransiyaning Yaqin Sharqdagi barqarorlikni ta’minlash va tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi siyosiy harakatidir.
Makron shuningdek, G‘azoda davom etayotgan harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. "Biz uchun asosiy vazifa — mojaroni bas qilish va tinch aholiga gumanitar yordam yetkazish", — dedi Fransiya rahbari.
Ushbu qadam xalqaro maydonda keng muhokamalarga sabab bo‘lishi kutilmoqda. Fransiyaning bu bayonoti Yaqin Sharqdagi murakkab geosiyosiy vaziyatda yangi burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!