date

Trampning boj siyosati: Amerika iste’molchilari qanday zarar ko‘rmoqda?

Trampning boj siyosati: Amerika iste’molchilari qanday zarar ko‘rmoqda?
2025-yil aprelidan beri AQSh Prezidenti Donald Trampning qaytishi bilan jahon savdo tizimida katta silkinishlar kuzatildi. U mamlakatga import qilinayotgan yuzlab mahsulotlarga o‘ta yuqori boj stavkalarini joriy etdi. Bu qarorlar nafaqat global iqtisodiyotga, balki amerikalik iste’molchilarning ham cho‘ntagiga ta’sir qilmoqda.

Bojxona daromadlari oshdi, biroq iqtisodiy o‘sish sekinlashmoqda
AQShning o‘rtacha boj stavkasi 2024-yildagi 2,4%dan 18,2%ga ko‘tarilgan — bu 1930-yillardan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Natijada, iyun oyida bojdan tushgan daromad $28 mlrd.ga yetdi. Biroq Kongress byudjet idorasi (CBO) ogohlantirishicha, bu siyosat uzoq muddatda iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi.

AQShning savdo tanqisligi kengaymoqda
Tramp bojlar orqali xorijiy tovarlar oqimini qisqartirib, savdo tanqisligini kamaytirishni maqsad qilgan. Ammo aksincha, AQShning mart oyidagi savdo tanqisligi rekord darajadagi $162 mlrd.ga chiqdi. Sababi — mahalliy kompaniyalar boj joriy etilishidan oldin mahsulotlarni zaxiralab olishga urindi.

Xitoydan import kamaydi, lekin Osiyodagi aylanma yo‘llar ko‘paymoqda
Xitoydan AQShga eksport 11%ga kamaygan. Biroq Xitoyning Hindiston, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropaga eksporti oshgan. Bu, ayrim iqtisodchilarga ko‘ra, "bojdan qochish" holatlarining oshayotganidan dalolat.

Iste’mol narxlari ko‘tarilmoqda
Yirik chakana savdo tarmoqlarida kompyuterlar, o‘yinchoqlar va sport anjomlari kabi import mahsulotlar narxi oshgan. Iyundagi inflyatsiya darajasi 2.7%ga chiqib, yil boshiga nisbatan o‘sdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning boj siyosati: Amerika iste’molchilari qanday zarar ko‘rmoqda?