date

Tramp Kanadaning Falastinni tan olganiga javoban savdo urushini kuchaytirdi

Tramp Kanadaning Falastinni tan olganiga javoban savdo urushini kuchaytirdi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Kanada bilan savdo urushini kuchaytirib, 1-avgustdagi kelishuv muddati arafasida boj bitimiga erishish "juda qiyin" bo‘lishini aytdi. Bunga Kanada hukumati Falastin davlatini tan olish qarorini asos qilib ko‘rsatdi.

Agar tomonlar belgilangan muddatgacha bitimga erishmasa, AQSH Kanada mahsulotlariga 35 foizlik boj joriy qiladi. Bu boj AQSH-Meksika-Kanada savdo kelishuviga kirmaydigan barcha mahsulotlarga taalluqli bo‘ladi.

"Kanada Falastin davlatini tan oldi. Bu ularga savdo bitimini tuzishni qiyinlashtiradi", — deb yozdi Tramp Truth Social’da.

Kanada AQSH uchun muhim savdo sherigi
Kanada AQSHning Meksikadan keyingi ikkinchi yirik savdo hamkori hisoblanadi. 2024-yilda AQSH Kanadaga $349,4 mlrd mahsulot eksport qilgan, Kanada esa $412,7 mlrd mahsulotni AQSHga yetkazgan. Kanada, shuningdek, AQSHning eng yirik po‘lat va alyuminiy yetkazib beruvchisi sanaladi.

Iyul oyida Kanada AQSH texnologik gigantlariga solinishi kerak bo‘lgan raqamli xizmatlar solig‘ini bekor qildi. Tramp buni "ochiq hujum" deb atab, muzokaralarni to‘xtatgan edi.

30-iyul kuni Karni mamlakatining Falastin davlatini tan olishini e’lon qildi. U BMTning sentabrdagi yig‘ilishida bu qarorni rasman tan olishini aytdi. Karni G‘azodagi ocharchilik va gumanitar inqirozga e’tibor qaratdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Kanadaning Falastinni tan olganiga javoban savdo urushini kuchaytirdi