Isroil va Livan o‘rtasidagi keskinlik yanada avj olmoqda. Isroil Mudofaa vaziri Israelt Katsning ma’lum qilishicha, Isroil Qurolli kuchlari Livanning sharqida joylashgan Bekaa vodiysidagi “Hizbulloh”ga tegishli muhim harbiy obyektni nishonga oldi.
Ushbu obyekt "Hizbulloh"ning eng yirik qurol ishlab chiqaruvchi zavodlaridan biri hisoblanadi. Vazirning ta’kidlashicha, bu zavod Isroil xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotganini inobatga olgan holda, uni yo‘q qilish bo‘yicha aniq va samarali operatsiya o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, “Hizbulloh” o‘z harbiy salohiyatini qayta tiklashga uringan boshqa infratuzilmalar ham hujumga uchradi. Katsning so‘zlariga ko‘ra, bu harakatlar Isroilning xavfsizligini ta’minlash va mintaqadagi barqarorlikni saqlash maqsadida amalga oshirilgan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi oylarda Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tobora ko‘paymoqda. Mutaxassislar esa ushbu zarbalarni keng ko‘lamli to‘qnashuvlarga yo‘l ochmasligi uchun diplomatik choralar ko‘rilishi zarurligini ta’kidlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!