
G‘azo sektorida 22 oydan beri davom etayotgan urush natijasida minglab oilalar ochlik va qashshoqlikda yashamoqda. Ularning hayoti kun sayin og‘irlashib bormoqda.
Ushbu holatni yaqqol aks ettiruvchi misollardan biri — G‘azo shahrida vaqtincha lagerda yashayotgan Sobh oilasining hayoti.
Fadi va Sobh har kuni tongda uyg‘onib, bir savol bilan yuzlashadi: “Bugun bolalarimizga nima topamiz?” Ular olti nafar yosh farzand bilan dengiz bo‘yidagi muvaqqat chodirda yashamoqda. Urush sabab bir necha marta ko‘chishga majbur bo‘lishgan.
Ovqat topishning uchgina yo‘li qolgan: xayriya oshxonasidan ovqat olish, yordam mashinasidan un olishga urinish yoki birovdan so‘rash. Ammo bularning hech biri kafolatli emas.
Sobh har kuni nonushta izlab ko‘chaga chiqadi. Ba’zida bir hovuch yasmiq topadi, ba’zida — hech narsa. Fadi esa har safar xayriya oshxonasi ochilishini umid qilib yo‘lga chiqadi. Oshxona haftasiga bir marta ochiladi, navbat katta, ovqat esa yetarli emas. Ilgari u yordam mashinalarini kutgan joyga borar edi, biroq o‘tgan oy oyog‘idan yaralandi.
“Endi yuk mashinasidan ovqat olishni bas qildim. Kuchim yetmaydi,” — deydi u.
Sobh ham kuchsizlanib bormoqda. Suv, ovqat va yoqilg‘i izlab yurish unga og‘ir tushmoqda. U ochlikdan hushsizlanib qolayotganini, boshi aylanayotganini aytadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar