Avstraliyada siyosiy doiralarda Falastin davlatini rasman tan olish masalasi kun tartibiga chiqdi. Sydney Morning Herald nashri manbalariga ko‘ra, mamlakat Bosh vaziri Entoni Albaneze bu borada rasmiy bayonot berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Avstraliya Vazirlar Mahkamasi yaqin kunlarda maxsus yig‘ilish o‘tkazib, Falastinni tan olish masalasida yakuniy qaror qabul qilishi mumkin. Bu tashabbus xalqaro maydonda katta ta’sir uyg‘otishi va Avstraliyaning Yaqin Sharq siyosatida muhim burilish bo‘lishi kutilmoqda.
Manbalarning aytishicha, hukumat ichida ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar mavjud bo‘lib, ular Falastinni tan olish mintaqada tinchlik jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonadi. Biroq, qaror qabul qilinsa, Avstraliya ayrim davlatlar, jumladan, Isroilning keskin tanqidiga duch kelishi ehtimoli bor.
Hozirda rasmiylar yakuniy pozitsiyani e’lon qilishdan oldin ichki maslahatlashuvlar va xalqaro sheriklar bilan muzokaralar olib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!