date

Emma Tompson: “Tramp men bilan uchrashmoqchi bo‘lgan”

Emma Tompson: “Tramp men bilan uchrashmoqchi bo‘lgan”

Britaniyaning mashhur aktrisasi va ssenaristkasi Emma Tompson Lokarno kinofestivalida 1998 yildagi noodatiy voqeani eslab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda “Asosiy ranglar” filmi suratga olish jarayonida treylerda telefon jiringladi va trubkada Donald Tramp o‘zini tanishtirgan.

Tramp aktrisani o‘zining “ajoyib joylaridan birida” kechki ovqatga taklif qilgan. Tompson taklifni muloyimlik bilan rad etib, keyin aloqaga chiqmaslikka qaror qilgan.

Aktrisa o‘sha paytda ajrashish arafasida bo‘lganini aytdi va Trampning o‘z talabiga mos ayollarni izlab topish bilan shug‘ullanadigan odamlari bo‘lishi mumkinligini qayd etdi. Bu voqeani u sho‘xlik bilan “stalking” deb atadi.

Tompson hazil tariqasida: “Agar rozi bo‘lganimda, ehtimol, AQSH tarixi boshqacha yo‘nalish olgan bo‘lardi”, — deb qo‘shimcha qildi.

Manba: Pravilamag
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Emma Tompson: “Tramp men bilan uchrashmoqchi bo‘lgan”