date

Marichich tyulendek nafas olib, rekord yangiladi

Marichich tyulendek nafas olib, rekord yangiladi

Bu g‘ayrioddiy yutuq Marichichni oddiy tyulenlar qatoriga qo‘yadi. Chunki ular bir nafasda o‘pkasini 90 foiz havo bilan yangilay oladi, insonlarda esa bu ko‘rsatkich atigi 20 foizni tashkil qiladi, deb yozmoqda Peopletalk.

Fridrayver qondan ortiqcha azotni tozalash uchun sof kisloroddan foydalangan. U 10 daqiqa davomida kislorod bilan nafas olgan va shundan keyin nafasini ushlab turishga kirishgan. Natijada uning qonidagi kislorod miqdori odatdagidan besh barobarga ko‘paygan.

Oddiy holda katta yoshli sog‘lom odam o‘pkasining imkoniyati 450 ml atrofida foydalanish mumkin bo‘lgan kislorodni qabul qilishga yetadi. Buning sababi — havoning faqat 21 foizi kisloroddan iborat. Ammo sof kislorod bilan nafas olinganda o‘pka har bir nafasda uch litrgacha kislorodni qabul qilib, qondan azotni chiqarib tashlaydi.

Ko‘pchilik uchun sof kislorod bilan nafas olgan holda xavfsiz apnoe vaqti sakkiz daqiqani tashkil qiladi. Bu Marichich havosiz qolgan muddatning uchdan bir qismiga ham yetmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Marichich tyulendek nafas olib, rekord yangiladi