Yaponiya bosh vaziri Putinni qaynoq, buloqda cho‘milishga taklif etdi. “Qattiq toliqib qolmagan ma’qul”,- deya hazillashdi Rossiya prezidenti taklif etayotgan tomonga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirib.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bugun Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Nagato shahrida qabul qildi. Rossiya prezidenti quyosh chiqar yurtga so‘nggi 11 yil ichida ilk bor tashrif buyurmoqda.
Sindzo Abe Putinni tabiat go‘zalliklaridan va milliy oshxonadan bahramand bo‘lish hamda qaynoq buloqda hordiq chiqarishga taklif etgan.
Sindzo Abe, Yaponiya bosh vaziri: “Men sizni o‘z ona shahrim Nagatoda qabul qilayotganimdan g‘oyat mamnunman. Men sizni Yaponiyaning go‘zal tabiatidan zavqlanishingiz, ajoyib milliy oshxonamizni tatib ko‘rishingiz hamda kechki payt buloqda dam olishingizni istayman. Unda cho‘milayotib, kishidagi barcha charchoqlar tarqaladi. Shunday ekan uchrashuvdan keyin siz albatta qaynoq chashmada dam olishingiz mumkin bo‘ladi”. Bu taklifga javoban Putin hazillashib, yaxshisi u qadar toliqmagan ma’qul deb javob qaytardi.
Vladimir Putin, RF prezidenti: ”Bu ajoyib maskanning e’tiborga molik erlari bilan tanishish, shu bilan birga o‘zingiz aytgandek, qaynoq buloqda dam olish imkoni tug‘ilganidan bag‘oyat mamnunman. Lekin u qadar qattiq charchamagan ma’qul”.
Yapon delegatlari a’zolari prezident hazilini tushunib, kulib yuborishdi.
Ertaga Rossiya rahbari Tokioga borib, muloqotning ikkinchi raundi boshlanadi va u yopiq tartibda o‘tadi. Shuningdek, Vladimir Putin “Rossiya-Yaponiya biznes-dialog”da ishtirok etib, yo‘l-yo‘lakay Kodokan instituti-dyuzdo dunyosida etakchi bo‘lgan tashkilotga kirib o‘tishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi