date

Sudanda ko‘chkidan mingdan ortiq odam halok bo‘ldi

Sudanda ko‘chkidan mingdan ortiq odam halok bo‘ldi

Sudanning g‘arbiy Darfur hududidagi Marra tog‘larida kuchli yomg‘irdan keyin ko‘chki yuz berdi. Sudan Ozodlik Armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisada kamida 1 000 kishi halok bo‘lgan. Tarasin qishlog‘i butunlay vayron bo‘lgan, faqat bitta odam tirik qolgan.

Ko‘chki tufayli odamlar og‘ir ahvolda qolmoqda. Qurolli guruh BMT va xalqaro tashkilotlardan shoshilinch yordam so‘radi. Chunki bu hududda ko‘plab aholi allaqachon urush sabab uyini tashlab, Marra tog‘lariga boshpana izlab chiqqan edi.

Darfur gubernatori Minni Minnaviy bu voqeani “katta fojia” deb atadi. U xalqaro hamjamiyatni yordam berishga chaqirdi va bu ofatni xalqning o‘zi yengib o‘tolmasligini ta’kidladi.

Sudanda 2023-yil aprelidan beri davom etayotgan fuqarolar urushi mamlakatni ocharchilik yoqasiga olib keldi. Ayrim manbalarga ko‘ra, mojaro boshlangandan beri 150 minggacha odam halok bo‘lgan, 12 million kishi esa uyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sudanda ko‘chkidan mingdan ortiq odam halok bo‘ldi