date

Shavkat Mirziyoyev Pekindagi tantanali harbiy paradda ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Pekindagi tantanali harbiy paradda ishtirok etdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahriga rasmiy tashrif doirasida 3 sentyabr kuni Tyananmen maydonida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali harbiy paradda ishtirok etdi.


Tadbirda yigirmadan ortiq davlat rahbarlari va vakillari, jumladan, Rossiya, Belarus, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Vetnam, Misr va boshqa davlatlar yetakchilari ishtirok etdi.

XXR raisi Si Jinping o‘z nutqida bugungi sharoitda tarixiy xotirani asrab-avaylash, tinchlikni saqlash va adolatni ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Paradda Xitoy xalq ozodlik armiyasining 45 ta bo‘linmasi ishtirok etdi. Xitoy mudofaa sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan raketa tizimlari, tanklar, aviatsiya texnikasi va uchuvchisiz uchish apparatlarining eng so‘nggi namunalari namoyish etildi.

Bunday paradlar 1949 yildan buyon Pekinda o‘tkazib kelinadi, qurolli kuchlarning so‘nggi katta ko‘rigi esa 2019 yil 1 oktyabrda bo‘lib o‘tgan va unda 15 mingga yaqin ishtirokchi qatnashgan.

O‘zbekiston prezidentining Pekin shahridagi tantanali tadbirlarda ishtiroki mamlakatning xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, tinchlik, barqaror taraqqiyot va farovonlik yo‘lida mintaqaviy va global darajada konstruktiv muloqotni rivojlantirishga qaratilgan izchil tashqi siyosatining navbatdagi tasdig‘i bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev Pekindagi tantanali harbiy paradda ishtirok etdi