Shveysariya o‘zining sun’iy intellekt va til modellari orasida yangi bosqichni ochib, ChatGPT, Llama va DeepSeek kabi mashhur platformalarga muqobil sifatida LLM Apertus nomli milliy yirik til modelini joriy qildi.
Bu model Shveysariyaning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, imkoniyatlari va funksional jihatdan 2024 yilgi Meta’s Llama 3 bilan taqqoslash mumkin, deb xabar berdi SWI swissinfo.ch.
Yangilik shu bilan qiziqki, jamoa tomonidan ushbu tizimni yaratishda asosiy e’tibor olimlar, tadqiqotchilar va bizneslar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga qaratilgan. Ular Amerikaning yirik texnologik korporatsiyalari bilan raqobatlashishni maqsad qilmagan va Apertus’ni global bozorga to‘liq ochiq qilishga harakat qilmoqda.
Apertus butunlay shaffof va ochiq tizim sifatida ishlaydi. Modelning har bir tafsiloti, arxitekturasi va algoritmlari omma uchun e’tirof etilgan va ochiq. Shu bois, tadqiqotchilar, dasturchilar, startaplar va davlat idoralari ushbu modelni o‘z serverlariga yuklab olishlari, shuningdek, ma’lumotlarini mustaqil ravishda boshqarishlari mumkin.
Shu bilan birga, olimlar allaqachon sog‘liqni saqlash, ta’lim va iqlim sohalarida Apertus asosida yangi loyihalarni sinovdan o‘tkazishmoqda, deb xabar berdi tech.liga.net. Ular ushbu milliy platforma orqali soha mutaxassislari uchun innovatsion yechimlar va sun’iy intellekt xizmatlarini taqdim etish imkonini ko‘rishmoqda.
Mutahassislarning fikriga ko‘ra, Apertus’ning ochiq va shaffof platforma sifatida ishlashi, Shveysariya va Yevropa Iqtisodiy Xamjamiyatida soliq, huquq va axborot xavfsizligi jihatidan katta afzalliklar beradi. Shuningdek, modeldan foydalanish orqali ilmiy tadqiqotlar va loyihalarda yangi innovatsion yechimlarni rivojlantirish osonlashadi.
Yangi Apertus modeli sun’iy intellekt sohasida milliy mustaqillik va xavfsizlikni ta’minlaydi hamda kelajakda global innovatsion platformalar orasida o‘z o‘rnini topishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!