16:46 / 18.12.2016
8 519

Ramzan Qodirov Grozniyda polisiyachilarga hujum qilgan 4 nafar jinoyatchi yo‘q qilinganini bildirdi

Ramzan Qodirov Grozniyda polisiyachilarga hujum qilgan 4 nafar jinoyatchi yo‘q qilinganini bildirdi

Grozniyda 18 dekabr, yakshanbaga o‘tar kechasi bir guruh jinoyatchilar yo‘q qilindi. Bu haqda jurnalistlarga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo».

«Tunda Oktyabr tumanida qurolli kishilar guruhi polisiya xodimiga hujum uyushtirgani va avtomashinasini egallab olgani haqida ma’lumot olindi. Darrov ‘Qo‘lga olish’ rejasi joriy etildi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, ular boshqa polisiyachining uyiga kirgani, biroq topolmay, yashiringani haqida xabar olindi.

Biroz vaqtdan so‘ng shahar chorrahalarini qamal qilgan polisiyachilar jinoyatchilar avtomobilini iziga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Mashinani to‘xtatishga urinish chog‘ida jinoyatchilar yo‘l-patrul xizmati xodimini urib yubordi va o‘t ochib, yashirinishga harakat qildi. Javob o‘ti bilan ularning harakatiga chek qo‘yildi. To‘rt nafari o‘ldirildi, ikki nafari jarohat bilan kasalxonaga etkazildi», — ta’kidladi Qodirov.

Hodisa joyida tezkor guruh ishlamoqda, jinoyatchilar shaxsi aniqlanmoqda. Ular bilan ayol kishi ham bo‘lgani bildirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Grozniyda polisiyachilarga hujum qilgan 4 nafar jinoyatchi yo‘q qilinganini bildirdi