
Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdelatty Falastinliklarning majburiy ko‘chirilishini qat’iyan rad etdi. Unga ko‘ra, bu masala Misr uchun “qizil chiziq” bo‘lib, bunga aslo yo‘l qo‘yilmaydi.
Abdelatty Falastin xalqini ko‘chirish ularning butunlay yo‘qolib ketishiga olib kelishini aytdi. U bunday harakatning na qonuniy, na axloqiy asosga ega ekanini ta’kidladi.
Misr rasmiysi Isroilni xalqni qirishda aybladi. Uning fikricha, G‘azada tinch aholining ommaviy o‘ldirilishi va ataylab ochlik siyosati olib borilmoqda.
Isroil esa bu ayblovlarni inkor etib, o‘zini himoya qilayotganini bildirdi. G‘azo rasmiylariga ko‘ra, 2023-yildan beri 64 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan va hududda og‘ir gumanitar inqiroz yuzaga kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.