date

G‘arbiy Sohilda Isroil hibsga olgan falastinliklar soni oshdi

G‘arbiy Sohilda Isroil hibsga olgan falastinliklar soni oshdi

Isroil armiyasi 2023-yilning 7-oktyabr kunidan boshlab G‘azoga uyushtirgan harbiy harakatlari natijasida ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda taxminan 19 ming falastinlikni qo‘lga olgani ma’lum qilindi.

So‘nggi 24 soat davomida Isroilning G‘azoga uyushtirgan yangi hujumlari oqibatida 69 falastinlik halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Hisobotda aytilishicha, Isroilning hibsga olishlari G‘arbiy Sohilda amalga oshirilgan bo‘lib, bu raqamga G‘azoda yashovchi aholi kirmagan. Hibsga olinganlar orasida 585 nafari ayollar va 1 550 nafardan ziyod bolalar ekanligi qayd etilgan.

2023-yil 7-oktyabrdan buyon Isroil qamoqxonalarida 46 nafari G‘azodan bo‘lgan 77 nafar falastinlik hayotdan ko‘z yumgan, shuningdek, qamoqxonalarda halok bo‘lgan, ammo kimligi oshkor etilmagan yana o‘nlab g‘azoliklar borligiga e’tibor qaratilmoqda.

Sentyabr oyi boshida Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslar soni taxminan 11 100 nafarga yetgan. Ular orasida 49 nafari ayollar va 400 nafari bolalar, shuningdek, 3 577 nafar falastinlik ma’muriy hibsga olingani ma’lum qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘arbiy Sohilda Isroil hibsga olgan falastinliklar soni oshdi