Hindistonlik sayyoh Yogesh Alekari Buyuk Britaniyada safar davomida minglab kilometr yo‘l bosib kelgan mototsiklidan ayrildi. Uning KTM 390 Adventure mototsikli va qimmatbaho buyumlari Nottingem shahridagi parkda o‘g‘irlab ketilgan.
33 yoshli Alekari 17 dan ortiq mamlakatni kezib, Yevropaga yetib kelgan edi. U safarga aprel oyida chiqib, hozirgacha katta mablag‘ sarflagan. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda, ammo hozircha mototsikl topilmadi.
Voqeadan keyin unga Hindiston va Buyuk Britaniyadan katta yordam taklif qilinmoqda. Ko‘plab odamlar kiyim-kechak, safar anjomlari va hattoki boshqa mototsikl berishga tayyorliklarini bildirishdi.
Alekari esa hali yangi mototsikl qabul qilmaganini, avvalo politsiya uning o‘z texnikasini qaytarib berishiga umid qilayotganini aytdi. U: “Faqat o‘zimning mototsiklimni qaytarib olishni istayman”, — dedi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!