Janubiy Koreyada Chxve Sun Sil ustidan sud jarayoni boshlandi. U bilan bog‘liq korrupsiyaviy mojaro mamlakat prezidenti Pak Kin Xega nisbatan impichment e’lon qilinishiga olib kelgandi, deya yozmoqda «Daryo».
Dastlabki eshituvlar Seul okrug sudida bo‘lib o‘tmoqda. Sudning birinchi yig‘ilishini Janubiy Koreya televideniesi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etmoqda. Chxve Sun Sil va prezidentning ikki sobiq kotibiga qarshi ayblovlar o‘tgan oyda ilgari surilgandi.
Chxve Sun Sil hech qanday lavozimlarni egallamagan, biroq prezidentning dugonasi Pak Kin Xe bilan yaqinligidan davlat ishlariga aralashish va shaxsiy boyish maqsadida foydalangani, shu tariqa yirik kompaniyalardan millionlab dollar olgani bildirilmoqda.
Mamlakatda prezidentlik vakolati vaqtincha bosh vazir Xvan Gyo Anga topshirilgan. Pak Kin Xening kelgusi taqdirini Konstitusiyaviy sud hal qilishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”