date

Istanbul shahar meri qamoqqa olindi

Istanbul shahar meri qamoqqa olindi
Istanbul meri Ekrem Imomog‘lu korrupsiya ayblovi bilan qamoqqa olindi. U barcha ayblovlarni rad etib, bu ishni siyosiy tazyiq deb atamoqda. Imomog‘lu muxolifatdagi eng kuchli nomzodlardan biri sifatida prezidentlik saylovlarida Erdog‘anga raqib bo‘lishi mumkin edi.

Mutaxassislarning aytishicha, bu voqea Turkiyada siyosiy erkinliklar tobora cheklanayotganidan dalolat beradi. So‘rovlar Imomog‘lu kabi nomzodlarning katta imkoniyatga ega ekanini ko‘rsatgan edi. Uning hibsga olinishi muxolifat uchun katta zarba bo‘ldi.

Qamoqdan keyin Istanbulda norozilik namoyishlari boshlandi. Minglab odamlar ko‘chaga chiqdi, yuzlab namoyishchilar hibsga olindi. Xalqaro hamjamiyat esa voqealarga sust munosabat bildirmoqda.

Shu bilan birga, Erdog‘an tarafdorlari uni kuchli rahbar deb hisoblab, qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Siyosatshunoslar esa saylovlar Turkiya kelajagi uchun hanuz muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbul shahar meri qamoqqa olindi