
Polsha Bosh vaziri Donald Tusk kechasi mamlakat havo hududi buzilgani haqida ma’lumot berdi.
Uning aytishicha, hozirda Polsha osmonida noqonuniy kirib kelgan obyektlarga qarshi maxsus operatsiya amalga oshirilmoqda.
«Polsha havo hududi bir necha marta buzildi. Qo‘shinlar obyektlarga qarshi qurol ishlatdi. Prezident va mudofaa vaziri bilan doimiy muloqotdaman», — dedi Tusk o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Shu bilan birga, milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Sezariy Tomchik ham operatsiya davom etayotganini tasdiqlab, havo hududini buzgan obyektlar zararsizlantirilayotganini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar