
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishidan ko‘zlangan maqsadga doir fikrlarini bildirdi, deb xabar qilmoqda "Kun.uz" nashri.
«Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan suhbatida hamda o‘zining televizion murojaatida aytganidek, ushbu vahshiylikni rejalashtirgan va amalga oshirganlarning asl maqsadi Rossiya-Turkiya munosabatlarining normallashuviga barham berishdir», — degan Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Karlovning o‘ldirilishi, Suriyada terrorizmga qarshi samarali kurashga imkon bermaslikni ham maqsad qilgan.
«Bu foyda bermaydigan choralar bilan amalga oshirilmoqda. Bunisi ketmaydi», — deya g‘azablangan Sergey Lavrov.
Avvalroq, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li rossiyalik elchining Turkiyada o‘ldirilishi mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga ta’sir ko‘rsatmasligiga ishonch bildirgan edi.
19 dekabr kuni Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovga Anqarada qurolli hujum qilingan edi. U olingan jarohatlardan shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar