AQSH prezidenti Donald Tramp 10 sentyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan voqeaga o‘z munosabatini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya dronlari Polsha havo hududini buzgani jiddiy masala hisoblanadi.
“Rossiya dronlari Polsha havo hududini buzdi? Yetib keldik!”, — deb yozdi Oq uy rahbari o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Polsha rasmiylari va NATOning pozitsiyasi
10 sentyabr kuni Polsha Qurolli kuchlari operativ qo‘mondonligi mamlakat hududiga kirgan bir nechta dron yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Bosh vazir Donald Tusk bu dronlar Rossiyaga tegishli bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar “to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf tug‘dirgan” uchuvchisiz apparatlarni urib tushirishga majbur bo‘lgan.
Shundan keyin NATO Shimoliy Atlantika shartnomasining 4-moddasini ishga tushirdi. Unga ko‘ra, a’zo davlatlar o‘z hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligi yoki xavfsizligi tahdid ostida qolganda birgalikda maslahatlashishi shart.
Rossiya tomoni izoh berdi
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu voqea yuzasidan fikr bildirdi. Unga ko‘ra, Kreml hozirga qadar Polsha rasmiylaridan dronlar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan hech qanday rasmiy so‘rov olmagan.
Tramp Polsha havo hududiga Rossiya dronlari kirganiga munosabat bildirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar