Polshada Rossiya bilan bog‘liq xavotir kuchaygani sabab ko‘plab fuqarolar ko‘ngilli harbiy mashg‘ulotlarga qatnashmoqda. Shu yilning o‘zida 20 mingdan ortiq odam mashg‘ulotlarda ishtirok etdi, yil oxiriga borib bu son 40 mingga yetishi kutilmoqda.
Hukumat mudofaa xarajatlarini keskin oshirib, yalpi ichki mahsulotning 4,7 foizini armiyaga yo‘naltirmoqda. Hozir Polsha armiyasida 216 ming xodim bor va bu NATO ichida AQSh hamda Turkiyadan keyingi uchinchi o‘rinni egallaydi.
So‘nggi yillarda mamlakat sharqiy hududlarida harbiy qismlar va mudofaa inshootlari mustahkamlanmoqda.
Mutaxassislar fikricha, polyaklar tarixiy tajriba sabab Rossiya tahdidiga sezgir. Shu bois ko‘ngillilarning ko‘payishi va hukumatning choralar ko‘rishi mamlakat mudofaasini kuchaytirib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!