date

Viktor Yushchenko: Ukraina g‘alabasi uchun Moskvagacha borish zarur

Viktor Yushchenko: Ukraina g‘alabasi uchun Moskvagacha borish zarur

Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yushchenko Kiyevning urushdagi kelajak yo‘li haqida keskin bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, haqiqiy g‘alabaga erishish uchun Ukraina faqat chegaralarni tiklash bilan cheklanmasligi, balki Moskvagacha borishi shart.

Yushchenkoning so‘zlariga ko‘ra, g‘alaba tushunchasi har bir inson uchun turlicha. «Ba’zilar uchun g‘alaba deganda front chizig‘ida qolish yetarlidek tuyuladi. Ammo men buni qabul qila olmayman. Bu yo‘l kelajak avlod uchun hal etilmagan muammolar qoldirishi mumkin», — dedi u.

Sobiq prezidentning fikricha, 1991-yil chegaralariga qaytish g‘alabaning to‘liq ma’nosini anglatmaydi. «Bu fikrga ko‘shila olmayman. Agar shunday qaror qabul qilinsa, farzandlarimiz va nabiralarimiz yana dahshatli xavf-xatar bilan yashashga mahkum bo‘ladi. Chunki Moskva rejimi mavjud ekan, dunyodagi hech bir millat, hech bir davlat o‘zini to‘liq xavfsiz seza olmaydi», — deya qo‘shimcha qildi Yushchenko.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina va butun xalqaro hamjamiyat tinchlik va barqarorlikka erishishi uchun Rossiyadagi hozirgi siyosiy tuzum yo‘qolishi lozim. Shu bois u «Moskvagacha borish» g‘oyasini yagona strategik yo‘l sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Viktor Yushchenko 2005–2010-yillarda Ukraina prezidenti lavozimida ishlagan va mamlakat tarixida turli siyosiy islohotlar hamda xalqaro munosabatlarda muhim qadamlar bilan tanilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Viktor Yushchenko: Ukraina g‘alabasi uchun Moskvagacha borish zarur